Facebook ma'muriyati ijtimoiy tarmoqda layklar va izohlar sanagiçini yaşiruvçi funksiyani sinovdan ötkaziş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu ma'lumot kompaniyada TechCrunch naşriga tasdiqlangan.
Teskari aloqa böyiça mutaxassis Jyeyn Manchun Vong ijtimoiy tarmoq özining Android-dasturi uçun layklar sanagiçini yaşiruvçi funksiyani işlab çiqayotganini ma'lum qilgan. U buni dastur kodini örganayotib payqagan.
Mutaxassisning fikriça, sanagiç xabar muallifidan taşqari barçadan yaşiriladi. Xabarga layk qöygan yoki izoh qoldirgan foydalanuvçilar röyxati saqlanib qoladi, biroq ularning soni körsatilmaydi.
Facebook is working to hide like couns, too!https://t.co/WnUrM12aZg
— Jane Manchun Wong (@wongmjane) September 2, 2019
Tip @Techmeme pic.twitter.com/TdT73wT6A0
“Layklar sanagiçining muallifdan boşqalarga yaşirilişi foydalanuvçilarga öz kontentining maşhurligi borasida kamroq xavotirlanişda yordam berişi mumkin”, deb aytgan Vong.









