Yevropa transferlar bozori yakunlari: eng yirik transferlar va amalga oshmagan rejalar haqida.
Barcha orzular ham amalga oshavermaydi
Eden Azar yozning ilk kunlaridayoq «Real» futbolchisiga aylanganida shunday hissiyot paydo bo‘lgandi: yozning asosiy transferi amalga oshib bo‘ldi, bu yozda bundan zo‘r transfer bo‘lmaydi. Axir gap madridliklar klubi prezidenti Florentino Peresa tomonidan «Santyago Bernabeu»ning Krishtianu Ronaldu sog‘inchini bosish uchun olib kelingan futbolchisi haqida gap ketmoqda.
Agar agar Neymar «Barselona»ga qaytganida hozir hech kim butun umri davomida Madridga kelishni orzu qilgan belgiyalik futbolchi nihoyat 100 million yevro evaziga transfer bo‘lib, orzusiga yetishganini eslab o‘tirmagan bo‘lardi. Kataloniyaliklar klubining «PSJ» bilan Neymar bo‘yicha muzokaralari serialga aylanib ketdi, ammo hech kim «Oskar»ni qo‘lga kiritmaydigan bo‘ldi. Usmon Dembele yovuz odam rolini o‘ynab chiqdi. Fransuz futbolchisi ushbu transfer doirasida vataniga qaytishdan qat'iyan bosh tortdi, hatto uni Dortmundda yangi bosqichga olib chiqqan Tomas Tuxelning aralashuvi ham naf bermadi. Qolaversa, Parijdagilar futbolchi almashishdan ko‘ra pul olishni ma'qul ko‘rardi. Pullar bo‘ladi, ammo bir yildan keyin va faqat 170 million yevro. Neymarning shartnomasida 2020 yilning yoziga borib badal puli miqdori shunchaga pasayishi ko‘rsatilgan.
La'natga uchragan sobiq kumir

Neymar Parijning «oltin qafasi»da qolgan bo‘lsa, Antuan Grizmann Madriddagi go‘shasini tark etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil fransuz o‘zining «Atletiko»da qolishi to‘g‘risida butun bir film ishlagandi, ammo bir yil o‘tib birdaniga yangi chorlovlar uchun «Kamp Nou»ga yo‘l olishini e'lon qildi. Londonlik muxlislari ko‘zda yosh bilan xayrlashgan Azardan farqli ravishda, Grizmanni ortidan la'natlab qolishdi, «Vanda Metropolitano»da hujumchi nomiga qo‘yilgan lavhani buzib tashlashdi. «Atletiko» rahbariyatini ham «Barselona» va futbolchi shartnomada ko‘rsatilgan badal puli 200 million yevrodan 120 million yevroga tushgan iyul oyi boshlanishidan ancha avval kelishib qo‘yganidan g‘azabga mindi.
Eng qimmat vunderkind

Ko‘pchilik Grizmann ketishi bilan «Atletiko»ning Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionati g‘olibligi uchun ambitsiyalari so‘nishi mumkinligi haqida o‘ylay boshlagandi. Ammo uning o‘rni bo‘sh qolmadi. Endi Madridning oq-qizil qismida yangi kumir — 19 yoshli portugaliyalik vunderkind Joau Feliks bor. U o‘zini ko‘rsatib, yozgi transferlardagi eng qimmatbaho transfer bo‘lishi uchun «Benfika»dagi yarim mavsum yetarli bo‘ldi. Yangi jamoa qurishga kirishgan «Atletiko» lissabonliklarga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 126 million yevroni to‘lashiga to‘g‘ri edi. Ya'ni, Feliks hozirdanoq Grizmanndan qimmatroq, unga endi muxlislar qarg‘ishiga yo‘liqqan o‘tmishdoshidan 7-raqam va omma mehri meros bo‘lib qoldi. Yosh portugaliyalikning Krishtianu Ronaldu bilan dueli esa Chempionlar ligasi guruh bosqichining e'tiborli hodisalaridan biri bo‘ladi.


















