Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda
Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joriy yil 1 sentabr kuni soat 22:15larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Xomkon mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan, Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi 19 yoshli Z.S.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Z.S. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini “To‘lqin” MFYda yashovchi 25 yoshli A.N. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, avtomashina Navro‘z mahallasi hududidan topilgan. A.N.ni ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026