Zomin tumanida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

YTH 26-sentabrdan 27-sentabrga oʻtar kechasi tumanning Yoshlik mahallasi hududida sodir boʻlgan. 34 yoshli D.A. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib, oʻzidan oldinda chapga burilishni amalga oshirayotgan yuk mashinasi ortiga borib toʻxtagan. Shunda bir yoʻnalishda kelayotgan, Jizzax viloyati YHXB inspektori 27 yoshli J.A. boshqaruvida boʻlgan ikkinchi Lacetti ortdan kelib urilgan. 

Screenshot_1

Oqibatda oldindagi Lacetti yuk mashinasi bilan toʻqnashgan. Unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 35 yoshli F.R. ogʻir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. 3 farzandning otasi boʻlgan erkak koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Screenshot_2

Inspektor mashinani mast holda boshqargani aytilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.