Samsung Electronics Co kompaniyasi ikkinçi buklama ekranli smartfonini işlab çiqariş ustida iş boşladi. Yangi qurilma displey tomoni bilan içkariga kvadrat şaklida buklanadigan böladi, deb yozadi Bloomberg.

Agentlik manbalarining sözlariga köra, yangi smartfon 2020 yilning birinçi yarmida taqdim etilişi rejalaştirilgan. Kompaniya bu qurilmasida zamonaviy texnologiyalar va buklama smartfonlar dizaynini uyğunlaştirmoqçi.

Smartfonning ekrani diagonali 6,7 dyuym böladi. Bloomberg suhbatdoşlarining sözlariga köra, yangi qurilma 2019 yilda taqdim etilgan Galaxy Fold smartfoniga nisbatan yupqaroq va arzonroq böladi.

Qurilma şuningdek, bitta old kamera va ikkita asosiy kamera bilan jihozlanadi. Kompaniyaning özi bu xabar borasida hozirça izoh bermagan.