Fuqarolar va OAVga qator sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi
Bir qator qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Tuzatishlarga muvofiq O‘zbekiston fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va OAVlarga quyidagi sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi:
• davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
• oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta'minlash;
• o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
• o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish;
• radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlash;
• psixiatriya muassasalari, shuningdek psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi shaxslar faoliyati ustidan.
Tuzatishlarning bir qismi budjet jarayonining ochiq-oshkoraligiga taalluqlidir. Xususan, mahalliy budjetlarning parametrlarini hamda ular ijrosi haqidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonlari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta'minlash vazifasi Moliya vazirligiga yuklangan. Prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e'lon qilinadi.
Vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanilishi, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi lozim.
Qonun 1.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.11.2024
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024