Turkiyada mamlakatda noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolarni aniqlaş va deportatsiya qiliş böyiça muntazam reydlar amalga oşiriladi. Bundan Özbekiston taşqi işlar vazirligi ogohlantirmoqda. 

Şu maqsadda Turkiyada noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolarni aniqlaş va ularni mamlakatdan çiqarib yuboriş borasida transport vositalari, iş va yaşaş hamda jamoat joylarida muntazam tekşiruvlar olib borilmoqda.

Turk mutaxassislarining ta'kidlaşiça, xorijiy fuqarolarning aksariyati Turkiya hududida yaşaşga huquq beruvçi (ikamet izni) va işlaşga huquq beruvçi (çalişma izni) hujjatlar örtasidagi farqni bilmaydilar.

Qonunga muvofiq yaşaş huquqini beruvçi hujjatga ega çet el fuqarolari Turkiya hududida işlaşni istasalar, albatta, qöşimça işlaşga ruxsat beruvçi hujjatlarga ham ega bölişlari şart. Aks holda, ular qonunni buzgan hisoblanadi va ularga nisbatan çoralar köriladi.

2018 yilning oktabr oyidan boşlab Turkiya hukumati Özbekiston fuqarolariga Turkiya hududida 90 kun davomida vizasiz yurişga ruxsat beriş töğrisida qaror qabul qilgan. Bu muddat Turkiyada işlaş maqsadida kelgan xorijiy fuqarolarga yaşaş huquqi va işlaşga ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun yetarli muddat hisoblanadi.

Bundan taşqari, Turkiyaning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turk iş beruvçilari bilan ikki tomonlama şartnomalar tuziş orqali Turkiyaga kelişidan oldin ham işlaş huquqini beruvçi hujjatlarini rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud. Bu esa işlaşga kelmoqçi bölgan fuqarolarning işini sezilarli darajada osonlaştiradi.

Şu munosabat bilan Boş konsulxona Turkiyada bölib turgan yoki u yerga bormoqçi bölgan Özbekiston fuqarolarini barça kerakli hujjatlarni öz vaqtida rasmiylaştirişga va mamlakatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilişga çaqiradi.

Elçixona va Boş konsulxona Turkiyada bölib turgan Özbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlarini himoya qiliş maqsadida tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.