Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasalari sport turlariga ixtisoslashtiriladi. Mirziyoyev mutlaqo yangi tizim joriy etish haqida topshiriq berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Umumta'lim maktablari, sport maktablari va oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilish zarur.
Oliy ta'lim muassasalarini sport inshootlari, kadrlar salohiyati, hududlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni ma'lum bir sport turlariga ixtisoslashtirish lozim.
Masalan, Milliy universitetni – gandbol va taekvondoga, Qarshi davlat universitetini – kurash va dzyudoga, Samarqand davlat universitetini – basketbol va futbolga, Farg‘ona davlat universitetini – suzish va belbog‘li kurashga, Andijon davlat universitetini – boks va mini-futbol (futzal)ga ixtisoslashtirish kerak.
Bu talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, oliy ta'lim muassasasi va tegishli sport federatsiyalari hamkorligi orqali, professional sportga mahoratli sportchi-talabalarni saralash imkoniyatini ta'minlaydi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026