Prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylar bilan uçraşuvda maktab yillarini eslab, öşa davrda öquvçilar har yili 4–5 oylab paxta yiğimiga jalb qilinganini aytdi.
«Men 11 yillik maktab attestatini olganman. Lekin 11 yil töliq öqimaganman. Maktabga borganman, ammo har yili 4–5 oy paxtada bölganman», – dedi prezident.
Davlat rahbari bolalarning öqişi, izlanişi, kamol topişi va katta orzular bilan yaşaşi uçun şaroit yaratilganini taʼkidladi.
«Taʼlimni rivojlantiriş Yangi Özbekistonni barpo etişning eng muhim böğinidir», – dedi prezident.
Ön yilda 1 million 800 ming örinli boğçalar va 1,5 million örinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod boğça va maktab zamonaviy körinişga keltirildi.
Davlat rahbari taʼlimda binolar va şaroit bilan birga, eng avvalo, mazmun hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
«Biz bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, öqituvçilarni taʼlim jarayoniga qaytardik», – dedi u islohotlarning eng katta natijasi haqida töxtalib.
Har bir bola öqişi, izlanişi, kamol topişi va katta orzular bilan yaşaşi kerak. Bu orzular röyobga çiqişi uçun esa eng yaxşi darsliklar, kuçli va malakali öqituvçilar zarur.
«Biz bugun bolaga nimani bersak, ertaga uning natijasini mamlakat kelajagida köramiz», – dedi prezident.

















