Inson tuğiladi, yaşaydi va dunyodan köz yumadi. Bu hayot sikli. Kimdir bir yil, kimdir oltmiş yil umr körsa, yana kimdir bir asrdan ortiq vaqt umrguzaronlik qiladi. Olimlar uzoq umr keçirişni turli sabablarga boğlaşadi. Ularning aksari soğlom hayot, jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullaniş va töğri ovqatlanişni uzoq umr köriş omillari sifatida keltiradi. Teologik nazariyalarda esa ruhiy sokinlik uzoq umr keçirişning garovi ekani tuşuntiriladi.
Aholisi uzoq umr keçirişi böyiça yuqori reytinglarni Monako, Yaponiya, Singapur va Islandiya kabi dengizböyi mamlakatlari egallaydi. Bu mamlakatlarda odamlar örtaça 85-89 yil yaşaşadi. Yuz yoşdan oşgan fuqarolar soni böyiça ham mazkur davlatlar yuqori körsatkiçlarga ega.
Ma'lumotlarga köra, Özbekistonda odamlar örtaça 73,3 yil umr köradi. Yuzdan oşgan fuqarolar soni ham yildan yilga oşib bormoqda. Mana şunday yurtdoşlarimizdan biri sal kam 120 yoşni qarşilagan, Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi onaxon Rayhon Dilova böladi. Biz uşbu onaxonning nevarasi Xudoberdi Xolov bilan suhbatlaşdik.

Uning aytişiça, Rayhon xola asli Buxoro viloyati Vobkent tumanida tuğilgan, keyinroq Ğijduvonga köçib ötgan. Rayhon xolaning bir opasi va ikki singlisi bölgan, ular yoruğ olamni tark etişgan. Turmuş örtoği Bilbek Norov ham 1993 yili 93 yoşida olamdan köz yumadi. Ularning ikki qizi bölgan. Katta qizi vafot etgan, kiçkina qizi Xolbibi Xolova 1940 yilda tuğilgan va hozirda hayot. Rayhon xolaning 30 nafar çevarasi va 8 nafar evarasi bor.
«Qarindoş-uruğlar enamizning holidan xabar olib turişadi. Bundan taşqari, har bayramda qöni-qöşnilar, hokimlikdagi mutasaddilar va mahalla fuqarolar yiğini vakillari ularni yöqlab turişadi.
Enamizning quloqlari eşitmaydi, közlari deyarli körmaydi, lekin şunga qaramay, ança dadil. Bizni hidimizdan tanib oladilar.
Ertalab uyğongaç, bir kosa şirin çoy içadilar. Tuşlikda suyuq ovqat tanovul qiladilar. Soat 16:00lar atrofida bir dona uy tuxumi yeydilar. Keçki ovqatga esa baquvvatroq bölgan biror göştli ovqat tayyorlab beramiz. Çuçvara, somsa va palovni xuş köradilar. Mevalarni ham doim sevib iste'mol qiladilar.
Şifokor ignasini yoqtirmaydilar. 2011 yil ozgina şamollaganlarida davolatdik. Şundan beri, Yaratganga şukr, soğ-salomatlar. Hozirda ularning soçlari qoraymoqda, yangi tişlari ösib çiqmoqda, ovozlarida ham tiniqlaşiş kuçaygan. Yuz yoşdan oşsa insonda şu holat kuzatilar ekan-da. Ilohim bizning baxtimizga soğ-omon yursinlar», - deydi nevarasi Xudoberdi Xolov.









