Joriy yilning 2 sentabr sanasida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi Soliq kodeksi loyihasi yana jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilingandi.
Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasi yuzasidan öz munosabatini Palataning rasmiy sayti orqali bildirib, loyihaning advokaturaga doir qismlari bilan kelişib bölmasligini ma'lum qildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasi muhokamaga qöyilgan bölib, uning advokaturaga daxldor qismlarida amaldagi me'yorlardan farq qiluvçi jihatlar mavjud.
Jumladan, Kodeks loyihasining 488-moddasida advokatlar hay'atining notijorat taşkilot şaklida taşkil etilişi, uni saqlab turiş va tadbirkorlik faoliyati bölmagan umumiy vazifalarni bajariş uçun advokatlardan olinadigan mablağlar qismi böyiça advokatlar hay'ati yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğini va qöşilgan qiymat soliğini tölovçi hisoblanmasligi belgilangani holda advokatlik firmalari va advokatlik byurolarining soliq soliş maqsadlarida tadbirkorlik sub'yektlari deb e'tirof etilişi hamda yuridik yordam körsatiş bilan boğliq bölgan faoliyat qismi böyiça soliqlar va yiğimlarni uşbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda tölaşi körsatib ötilgan.
«Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi esa muhokama uçun qöyilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasining advokaturaga taalluqli mazkur moddalari bilan kelişib bölmaydi deb hisoblaydi», – deyiladi Palataning rasmiy axborotida. Xabarda ta'kidlanişiça, şunga köra Palata Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qömitasiga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi yuzasidan öz e'tirozlarini yuborgan.
Advokatlar palatasining e'tirozlari axborotda jumladan quyidagiça bayon qilingan:
«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida advokatura faoliyati qonun bilan tartibga solinişi körsatib ötilgan. «Advokatura töğrisida»gi qonunda esa advokatlik faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkil etiladigan advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay'ati notijorat taşkilotlari etib belgilangan (4-1, 4-2, 4-3-moddalar).
Şuningdek, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi töğrisida”gi qonunning 11-moddasida ham «Advokatura notijorat taşkilotdir» deb belgilab qöyilgan. Zero, advokatura özining asosiy faoliyati davomida daromad (foyda) olişni közlamaydi va faoliyati davomida yiğilgan daromadni (foydani) öz a'zolari (iştirokçilari) orasida taqsimlamaydi. Advokatlik tuzilmalari Konstitutsiyaga muvofiq fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş, korxonalar, muassasalar, taşkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida taşkil etiladi. Şuning uçun ham Qonun advokatlik tuzilmalarining, har qanday maqsad yölida ham, statusiga yoki taşkiliy tuzilişiga köra notijorat faoliyatdan taşqari faoliyat bilan şuğullanişini inkor etadi.








