Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklarning vakolatlaridan biri qisqartiriladi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, aholi o‘zlariga tegishli bo‘lgan uy-joylarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun hokimlarning qarorlari bilan 11 kunlik muddatda ruxsat oladilar.
Biroq, shu kunga qadar amaldagi qonunchilikda noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish tartibi belgilanmagan. Oqibatda turli xil huquqni qo‘llash amaliyoti vujudga kelib, aholini ayrim hollarda korrupsiya va qog‘ozbozlik holatlariga olib kelishiga zamin yaratib kelmoqda, deb yozadi Davlat xizmatlari Agentligi bosh maslahatchisi Oybek Xidayev.
Amaliyotda ba'zi hollarda vakolatli organlar ushbu muddatlarni sababsiz bir oygacha kechiktirilgan holatlar ham ko‘p ekani aytiladi.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatining ko‘rsatilishini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.
Endilikda, taklif etilayotgan tartibda (turardan noturarga va noturardan turar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish):
- hokimlarning ruxsat beruvchi qaror qabul qilishi mexanizmini bekor qilish;
- ruxsatnoma berish muddati 11 kunlikdan 4 ish kuniga qisqartirish;
- tuman qurilish bo‘limi tomonidan elektron shaklda ruxsatnomalar berilishi nazarda belgilanmoqda.
Bundan oldin, O‘zbekistonda hokimlar yer uchastkasi bo‘yicha yana bir vakolatidan mahrum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:36 / 05.07.2026
Kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
11:58 / 01.07.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar soni avval aytilgan rasmiy raqamlardan ancha kamligi ma’lum bo‘ldi
11:36 / 23.06.2026