Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov: «Otam yonimda bo‘lganida, ortimda sher turganini his qilaman»
Foto Fedor Uspenskiy, "SE"
UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov otasining janglar paytida zalda bo‘lishi unga kuch berishini tan oldi.
«Men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ishqibozlar juda katta kuch berishdi. Men uxlashni xohlayman, lekin ular meni qanday qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rib, o‘zimni juda yaxshi his qildim. Bu yerda havo issiq, ammo jang paytida zalda harorat qanday bo‘lishi meni qiziqtirmaydi. U men va Pore uchun bir xil bo‘ladi.
Ota men bilan birga ekanidan juda baxtiyorman. U yonimda, men esa qafasda bo‘lsam, nima sodir bo‘lishi muhim emas. Otam yonimda bo‘lganida, ortimda sher turganini his qilaman», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltirgan Sport24.
So‘nggi janglarda Nurmagomedov otasining yordamidan foydalana olmadi, sababi Abdulmannop Nurmagomedovga Amerika vizasi berilishi bir necha bor rad etildi.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Dastin Pore o‘rtasidagi jang bugun, 7 sentabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024