Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda shu kunga qadar ta'lim sifatini baholash bo‘yicha aniq mezonlar bo‘lmagani tan olindi
Poytaxtda «Ta'lim sifatini ta'minlash va baholash: Xalqaro yondashuvlar va O‘zbekiston tajribasi» mavzusida seminar o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Tadbirda ta'lim muassasalarini baholash bo‘yicha yangidan ishlab chiqilgan mezonlar haqida ma'ruza qilgan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig‘i Asliddin Odilov shunday dedi:
«Bugungi kunga qadar yurtimizda ta'lim sifatini baholash bo‘yicha yagona tizim bo‘lmagani sababli har kim o‘z mezonlari bo‘yicha muassasalar faoliyatini baholab kelavergan. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagoglarining haqli e'tiroziga sabab bo‘layotgan edi. Endilikda ilg‘or xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini baholash bo‘yicha yangi mezonlar ishlab chiqildi. Yangi mezonlar pedagoglar ishini yengillashtirish, ularning faoliyatida qog‘ozbozlik va buyruqbozlikni kamaytirish, ta'lim sifatini oshirishda ularga ko‘maklashish va qolaversa muassasa faoliyatini xolis baho berish maqsadida ishlab chiqildi».
Yangicha tizimga ko‘ra bundan buyon har bir ta'lim muassasasida o‘zini-o‘zi baholash orqali ichki ta'lim sifati auditi shakllantiriladi. Bunda ta'lim oluvchilarning maktab hayoti va boshqaruviga oid fikrlari davriy ravishda o‘rganiladi va ular maktab boshqaruvida faol ishtirok etadilar. Ta'lim sifatini baholashda maktabning ota-onalar, kuzatuv kengashi, mahalla, bog‘cha va oliy ta'lim muassasalari bilan maktabni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlariga asosiy urg‘u beriladi. Ichki baholash natijalariga shubha bo‘lgan taqdirdagina tashqi organ tomonidan tashqi baholash o‘tkazilishi aytib o‘tildi.
Seminarda shuningdek, yangi baholash tizimida ta'lim muassasalarida tekshirishlar sonini kamaytirishga xizmat qilishi aytilib, sifatni avvalo ta'lim muassasasining o‘zi baholab turishi va kamchiliklarni bartaraf etib borishi kutilayotganligi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026