Prezident Şavkat Mirziyoyev Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida «Yangi Özbekiston» universitetiga taşrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bağişlangan körgazma bilan tanişdi.

Davlat rahbari dastlab mamlakatda taʼlimning uzviyligini taʼminlaş borasidagi işlar, erişilgan natijalar va kelgusi rejalar taqdimotini közdan keçirdi. «Maktabgaça taʼlim», «Maktab taʼlimi», «Iqtidorli maktab öquvçilari», «Professional taʼlim» va «Oliy taʼlim» pavilyonlarida bolaning ilk yoşidan kasb egallaşiga qadar bölgan taʼlim bosqiçlaridagi islohotlar namoyiş etilgan.

Mamlakat yetakçisi universitetning öquv va ilmiy infratuzilmasi bilan tanişdi. «Kelajak muhandislari» maydoni, Bloomberg laboratoriyasi, fizika öquv laboratoriyasi, muhandislik fanlari öquv zali va Apple Training Center öquv markazida talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot berildi.

photo_2026-09-30_12-27-59 (3)
photo_2026-09-30_12-27-59 (4)

Şuningdek, Idrock sunʼiy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi, materialşunoslik, lazer va nanotexnologiyalar hamda ADM maşinasozlik laboratoriyalarining faoliyati namoyiş etildi. Bu maydonlar talabalarning nazariy bilimini amaliy maşğulotlar, tadqiqot va loyihalar bilan boğlaşga xizmat qiladi.

photo_2026-09-30_12-27-59 (2)

Davlat rahbari universitetning professor-öqituvçilari va talabalari, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etiş böyiça xorijlik hamkorlari bilan suhbatlaşdi.

photo_2026-09-30_12-27-59

Uçraşuvda özbek şaxmatçilarining keçagi ğalabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini taʼkidladi.

«Şaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati keçagi ğalabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan böladi.

Sizlar hal qiluvçi kuçsizlar. Sizlar Özbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qöyyapsizlar desam, bu ham adolatdan böladi. Ön marta qaytarişdan çarçamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi», – dedi prezident.