Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident topshirig‘i: ikkita OTMda o‘qitishning mutlaqo yangi metodikasi tatbiq etiladi
O‘zbekistondagi ikkita oliy ta'lim muassasasida o‘qitishning yangi metodikasi tatbiq etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 sentabr kuni qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirishga budjetning 0,1 foizigina yo‘naltiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 2-3 foiz atrofida ekanligi aytilmoqda.
Akademiklarning ilmiy maktablari soni 50 tadan 17 taga kamaygan, sabzavotchilik, g‘allachilik, o‘simlikshunoslik sohalarida esa bunday maktablar mavjud emas. O‘simlikshunoslik, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutlarining laboratoriya jihozlari oxirgi 70 yilda ta'mirlanmagan. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish choralari samarasizligicha qolmoqda.
Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari ertapishar mahsulot turlarini yaratishga asosiy e'tibor qaratishi lozim. Chorvachilik tarmog‘ida ham ilm-fan yutuqlarini keng tatbiq etish, hududlar iqlim sharoitlariga mos chorva zotlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Xalqaro tajriba asosida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘qitishning mutlaqo yangi metodikasini tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar ishtirokida sayyor o‘quv darslari hamda seminarlar tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026