Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Zelenskiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda Putin matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Ikki davlat yetakchilari 7 sentyabrdagi o‘zaro mahkumlar almashishini ijobiy baholashgan. Tomonlar ushbu aksiya munosabatlarni yaxshilash uchun katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tishgan.
Shuningdek, prezidentlar Ukrainadagi ixtilofni tartibga solishni muhokama qilishgan. Xususan, Putin va Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilish, tutashuv chizig‘idan kuchlar va vositalarni bosqichma-bosqich olib ketish muhimligini qayd qilib o‘tishgan.
Bundan tashqari, “normand to‘rtligi” formatidagi navbatdagi uchrashuv samarali bo‘lishi va erishilgan kelishuvlar, birinchi navbatda, Minsk kelishuvlari bajarilishiga yordam berishi uchun “to‘rtlik” sammitini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishini davom ettirishga kelishib olindi.
Ikki yetakchi aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi.
7 sentyabrda Rossiya va Ukraina o‘rtasida “35 ga 35” shaklida mahkumlarni ozod qilish tarixiy aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida mahkumlarning ozod etilishi ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan muloqotga yo‘ldagi birinchi qadam ekanligi aytilgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026