Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi
Podpolkovnik Dilmurod Mirhamdamovich Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dilmurod Mirsodiqov 1979 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000 yili O‘zbekiston IIV Akademiyasini tamomlagan.
Ichki ishlar organlari tizimidagi faoliyatini 2000 yili Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan. 2010 yilga qadar Shayxontohur tumani IIB va Toshkent shahar IIBBning tergov bo‘linmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
2010-2014 yillarda O‘zbekiston IIV Bosh tergov boshqarmasi (hozirgi Tergov departamenti)da bo‘lim boshlig‘i sifatida, 2014 yildan 2019 yilgacha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yil aprelidan avgustigacha Olmazor tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘linmalarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i edi.
Shuningdek, podpolkovnik Ahmadjon Qo‘chqorovich Fozilov Toshkent shahar IIBBning Moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta'minoti boshlig‘i o‘rinbosari — moddiy-texnik va xo‘jalik xizmati boshlig‘i etib tayinlandi.
Ahmadjon Fozilov 1970 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yili Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
U ichki ishlar organlari tizimidagi faoliyatini 1996 yili Toshkent metropolitenini qo‘riqlash bo‘yicha IIBning saf bo‘linmalari bataloni xodimi sifatida boshlagan.
2010 yilga qadar Shayxontohur tumani IIB va Toshkent shahar IIBBning tergov bo‘linmalarida turli lavozimlarda ishlagan. 2010-2014 yillarda O‘zbekiston IIV Bosh tergov boshqarmasi (hozirgi Tergov departamenti)da bo‘lim boshlig‘i v.b va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2014 yildan 2019 yilgacha Toshkent shahar IIBB tergov bo‘linmalarida turli lavozimlarni egallagan, 2019 yilning yanvaridan avgustga qadar Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024