Moskva metrosida yuz bergan bir voqea ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda. 6 sentabr kuni tasvirga olingan videoda o‘zbekistonlik migrant Moskva metro bekatlaridan birida juma namozini o‘qib kelayotgan yo‘lovchilarni o‘z hisobidan metroga kirgizayotganini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari video ostida qoldirilgan izohlarida savobtalab yigitni olqishlashgan.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

O‘zbekistonlik migrant uyushtirgan xayriya doirasida metroga kirgan yo‘lovchilardan biri jarayonni tasvirga olgan va yaxshilik ulashayotgan yigitni savolga tutgan.

— Bu ishni qay maqsadda qilmoqdasan?

— Shunchaki ko‘ngildan, Alloh uchun…

— Ishlatayotgan pullaringga iching achimaydimi?

— Albatta achimaydi. O‘zimning tug‘ishgan birodarlarim uchun sarflayapman-ku…

Savollarga javob bera turib, yigit yana shosha-pisha turniket oldiga yo‘l oladi.

— Bu ish bilan muntazam shug‘ullanasanmi?

— To‘g‘risini aytsam birinchi marta.

— Birodar, sening isming nima?

— Asqad…

— Asqad? Sen qayerdansan?

— Men O‘zbekistondanman…

— O‘zbekistondan, a? Yaxshi, birodar. Alloh ishlaringga ko‘makchi bo‘lsin, baraka bersin. Rizqingni ulug‘ qilsin.

Asqad o‘zining savobli ishini yakunlab yo‘lga tushgach, qiziqqon yo‘lovchi uni yana gapga tutadi: