Amerika Qöşma Ştatlarining John Deere kompaniyasi Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti bilan hamkorlikda oliy öquv yurtida öquv markazini taşkil etdi. Şu munosabat bilan TIQXMMIda tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Boş vazir maslahatçisi, «Özagrotexsanoatxolding» AK raisi Nodir Otajonov, Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, CIS Equipment Group rahbari Jyeyson Hant, AQŞning Özbekistondagi elçixonasi, John Deere kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy dileri – Landtech kompaniyasi vakillari hamda institut professor-öqituvçilari va talabalari iştirok etdi.
Ta'kidlaş örinliki, John Deere kompaniyasining mazkur öquv markazi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 31 iyulda imzolangan «Qişloq xöjaligi maşinasozligini jadal rivojlantiriş, agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikalari bilan ta'minlaşni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroridan kelib çiqadigan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida taşkil etildi.

Institut rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Öktam Umurzoqov tantanali marosimda sözga çiqar ekan, «Institut bugungi juda katta raqobat şaroitida qişloq va suv xöjaligi uçun ilğor texnologiyalarni biladigan, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, raqobatbardoş muhandis kadrlar tayyorlaşni öz oldiga asosiy maqsad va vazifa qilib qöygan».
«Hozirda Özbekiston qişloq xöjaligiga zamonaviy texnika va texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bu, öz navbatida, mazkur texnika va texnologiyalar bilan işlay oladigan muhandis kadrlar tayyorlaşni talab etadi. Bunday vazifani bajarişda esa, nafaqat AQŞ, balki dunyoda öz ilğor texnologiyalari va zamonaviy texnikalari bilan maşhur bölgan John Deere kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy dileri hamkorlik qölini çözdi. Öylaymizki, John Deere kompaniyasi bilan birgalikda amalga oşirayotgan bu işlarimiz, sohada ta'lim sifatini yanada oşirişga va qişloq xöjaligi uçun eng yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi», - dedi institut rektori Öktam Umurzoqov.
«Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev «Özagrotexsanoatxolding» kompaniyasiga taşriflari çoğida har bir zavodda oliy öquv yurtlarining fakultetlarini, oliy öquv yurtlarida esa, qişloq xöjaligi maşinasozligi korxonalari tomonidan işlab çiqilayotgan texnikalarning öquv sinflari, maketlarini taşkil etişga doir topşiriqlarni bergan edi. Uşbu topşiriqning ijrosi yuzasidan dunyoning eng yirik qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqaruvçi John Deere kompaniyasi öz öquv markazini oçdi.









