Jamiyat | 11:09 / 10.09.2019
39816
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Volgograd poyezdida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: Yekaterina SIMOXINA

Joriy yilning 7 sentabr kuni «Aksarayskiy» (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yo‘lovchi topildi.

U 52 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro ekanligi ma'lum bo‘ldi. Jasad Toshkent-Volgograd yo‘nalishidagi 323-sonli poyezdning vagonlaridan birida bo‘lgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Janubiy tergov boshqarmasidan xabar qilishlaricha, jasadda qotillik belgilari aniqlanmagan.
 
Tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha protsessual qaror qabul qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid