Lok-böyoq qoplamalarining premial brendi Dulux 2020 yil rangini e'lon qildi. Yil rangining taqdimoti YouTube’da e'lon qilindi.

“Dulux talqini böyiça 2020 yil rangini taqdim qilamiz: tonggi osmon bilan keltirilgan pastel yaşil – “Osuda tong” (Tranquil Dawn)”, deyilgan rolikka izohda.

Dulux saytida ta'kidlanişiça, bu rangni hordiq yoki öyin uçun xonalarda hamda “ijod va mazmun izlaş”da qöllaş mumkin.

Fevralda Pantone xalqaro tadqiqot instituti talqini böyiça 2020 yil rangi kök rang bölişi ma'lum qilingandi. Kompaniya vitse-prezidenti ta'kidlaganidek, aynan dengiz ranglari bölğusi dizaynerlik töplamlari uçun asosiy ilhom manbai böladi.