«Formula-1»ning yetti karra çempioni Mixail Şumaxer yotqizilgan Parijdagi klinika xodimi sportçi öziga kelgani haqida ma'lum qildi.
«Men tasdiqlaşim mumkinki, u bizning klinikaga olib kelingan va ayni vaqtda öziga kelgan», — deya manba sözlarini keltirmoqda Le Parisien naşri.
Bundan avvalroq 50 yoşli sportçi yaşirin tarzda Parijdagi Jorj Pompidu nomidagi şifoxonaga yetkazilgani haqida xabar berilgandi. Şumaxer şifoxonaning yurak-tomir jarrohligi bölimiga, taniqli professor, kardiojarroh Filipp Menaşening qabuliga olib kelingandi.
Şumaxerga şifoxonada asos hujayralar kiritişdan foydalangan holda davolaş tayinlangan.
2013 yilda Şumaxer Alp toğlaridagi Meribel kurortida toğ çanğisida uçayotib, boş miyasidan jarohat olgan edi. Komaga tuşgan poygaçi Grenobldagi şifoxonaga yetkazilgan va u yerda Şumaxer bir neçta operatsiyani boşidan ötkazgandi. 2018 yil dekabrda ham sobiq poygaçi öziga kela boşlagani, u endi öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ehtiyoj sezmayotgani va mustaqil ravişda nafas olayotgani ma'lum qilingandi.
Şumaxerning komadan çiqişidan umid uzmagan oilasi uning davolanişi uçun ön millionlab yevro sarfladi.








