“Formula-1” avtopoygalarining 7 karra çempioni Mixael Şumaxer yaşirin tarzda Parijdagi Jorj Pompidu nomidagi şifoxonaga yetkazildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Parisien naşrining xabar berişiça, 2013 yilda oğir miya jarohati olgan sobiq sportçi şifoxonaning yurak-tomir jarrohligi bölimiga Şveytsariya davlat raqamlariga ega tez yordam maşinasida yetkazilgan.
Uning şifoxona böylab olib yurilişi ehtiyot çoralari bilan keçgan: poygaçi taşilgan nosilkalar uning yuzi va tanasini töliq yaşiradigan holda qora çoyşab bilan öralgan bölgan. Unga 10 kişidan iborat guruh hamrohlik qilgan.
Ta'kidlanişiça, Şumaxerga şifoxonada asos hujayralar kiritiladi. Davolaş 10 sentabr ertalab boşlanişi kutilmoqda.
Afsonaviy poygaçi 2013 yil dekabrda Fransiyaning Meribelida çanği uçiş vaqtida yiqilib, miyasidan oğir jarohat olgan. 2018 yil dekabrda yotoğliq bölib qolgan sobiq poygaçi öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga boşqa ehtiyojmand emasligi ma'lum qilingan.
2019 yil fevralda OAVda poygaçi va uning oilasi Jyenevadagi villasini tark etib, Malorkaga qişki ta'tilni ötkazgani hamda 3 yanvarda Şumaxerning 50 yoşini nişonlagani jönab ketgani ma'lum qilingan.

















