Keça, 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişdi.

Tadbirda Respublika böyiça ekiladigan ekinlarni tegişli vazirlik va taşkilotlar tomonidan umumiy rejalaştirilmasligi natijasida qişloq xöjaligi ekinlarining narx-navosi borasida har yili turliça holat yuzaga kelişi, şu sababli, dehqonlarning köpçilik holatda iqtisodiy zarar körişi hamda qaçondan ekinlarni töğri rejalaştirib ekiş işlari boşlanişi borasida savol bilan murojaat qilingan.

«Bir neça kun avval Özbekiston qişloq xöjaligida keyingi 10 yillikka möljallangan dastur birinçi bor muhokamaga qöyildi. Töğrisini aytiş kerak, şu paytgaça sohada aniq strategiya va rejaning özi bölmagan. 

Şu yilning 1 oktyabriga qadar keng xalq muhokamasiga qöyilgan va töldiriladigan mazkur dastur asosida endilikda sohada aniq reja asosida işlanadi. Öylaymanki, rejalaştiriş borasida savolingizga mana şu dastur töla yeçim böla oladi», - deya Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Aktam Xayitovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.