13 sentabr kuni soat 20:20da «Özbekiston 24» telekanalida Özbekiston tarixida ilk bor ötkazilgan «Mehr» nomli taşqi insonparvarlik operatsiyasi tafsilotlariga bağişlangan hujjatli film efirga beriladi.

Unda «mutlaqo maxfiy» muhri bilan olib borilgan operatsiya jarayoni bilan tanişib, Suriyadagi «Alhol» lageridan lavhalarni tomoşa qiliş, bu operatsiyani ötkazgan maxsus guruh rahbarining ma'lumotlari va unda iştirok etganlarning hikoyalarini tinglaş mumkin. 

Joriy yil Ramazon oyida Özbekistonning 156 nafar fuqarosi Suriyadan qaytarilgandi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga binoan «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi doirasida 30 may kuni maxsus reys bilan Toşkentga olib kelingan 156 kişidan 107 nafari bolalar, 48 nafari ayollar edi. Ular dastlab Toşkent viloyatidagi barça şaroitlarga ega sanatoriyga joylaştirilgan, bu yerda aldov oqibatida özga yurtga borib qolib, oğir hayotiy davrni boşidan ötkazgan bu insonlarning  şaxsiy hujjatlarini tiklaş, ijtimoiy nafaqalar tölaş çoralari körilgandi. 

142 kişi, jumladan, 47 nafar onaga eng kam oylik iş haqining 10 barobari va 95 nafar bolaga 5 barobari miqdorida moddiy yordam körsatildi. 3 nafar yetim bola «Mehribonlik» uyiga, 3 nafari «Kiçkintoy» bolalar uyiga joylaştirildi. 2 nafar bola özining qarindoşlariga vasiylik tariqasida rasmiylaştirilib berildi. Rossiya fuqarosi bölgan bir ayol va uning 4 nafar bolasi vataniga qaytarilgungaça reabilitatsiya qiliş markaziga joylaştirildi. Bir kişi şifoxonada davolanmoqda.

Suriyadan qaytganlar 12 iyun kuni tongda viloyatlardan kelgan hokim örinbosarlari kuzatuvida yaşaş joylariga yuborildi va kunning ikkinçi yarmida yaşaş manzillariga yetib bordi. Ularning tinç hayotga qaytib, jamiyatga moslaşişlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda iştirok etişlari uçun zarur şaroit yaratilib, boşpana va iş bilan ta'minlandi.