Birinçi gumanitar operatsiya 2019 yil 30 mayda prezident Şavkat Mirziyoyevning şaxsiy topşiriği bilan amalga oşirilgan va missiya davomida uruş domida qolgan Suriyadan 156 nafar Özbekiston fuqarosi, asosan ayollar va bolalar vatanga qaytarilgandi.  

Söng öşa yilning oktyabr oyida «Mehr-2», 2020 yil dekabr oyida «Mehr-3», 2021 yil fevral oyida «Mehr-4» gumanitar operatsiyalari taşkil etildi. Uşbu operatsiyalari natijasida Iroq, Suriya va Afğonistondan önlab ayol va bolalar Özbekistonga qaytarildi.

«Mehr-5» operatsiyasining yakunlovçi bosqiçi 2021 yil aprel oyida amalga oşirilib, Suriyadan 92 nafar kişi – 24 nafar ayol va 68 nafar bola vatanga olib kelindi.  

Jami «Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kişi qaytarildi, ularning taxminan 75 foizini bolalar taşkil etadi.  

Repatriantlarning barçasi hujjatlar bilan ta’minlandi. Mojarolar zonasida tuğilgan har bir bolaga Özbekiston Respublikasining tuğilganlik haqidagi guvohnomasi berildi.

Qaytarilgan bolalar maxsus maktablarda emas, balki oddiy sinflarda öqiydi. Bugungi kunda 10 nafarga yaqin repatriant oliy öquv yurtlarida tahsil olmoqda, 9 nafar bola esa respublika va viloyat fan olimpiadalarining ğolibi hamda sovrindori böldi.