Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyligidan iste'foga çiqariladi, yaqin vaqtlar içida iste'fo haqida rasman e'lon qilinişi kutilmoqda.

Vaziyatdan xabardor manba Kun.uz’ga xabar berişiça, terma jamoa jahon çempionati 2-saralaş bosqiçini Falastinga qarşi mağlubiyat bilan boşlaganidan keyin ÖFA rahbariyati murabbiyni işdan böşatişga qaror qilgan.

Ayni vaqtda tomonlar şartnomani ikki tomonlama kelişuv asosida bekor qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.

Kuper bilan 2018 yilning 1 avgustidan 2021 yilning 30 noyabrigaça, JÇ-2022 saralaş sikli uçun şartnoma tuzilgandi va agar terma jamoa Qatarda ötkaziladigan mundialga yöllanma olsa şartnoma avtomatik tarzda turnir yakunigaça uzaytirilişi közda tutilgandi.

Kun.uz’dagi ma'lumotlarga köra, Kuperning yillik maoşi miqdori 2 million yevro atrofida bölgan.

Ayni vaqtda murabbiy bilan şartnoma muddatidan oldin bekor qilinişi uçun qança miqdorda kompensatsiya tölanişi kerakligi böyiça aniq ma'lumot yöq. Manbaning tasdiqlaşiça, kompensatsiya miqdori şartnomaning qolgan muddati uçun belgilangan maoş miqdoridan ança kam böladi.

Ötgan vaqt mobaynida Kuper Özbekiston terma jamoasini 17 öyinda maydonga boşlab tuşdi, bu öyinlarda 7 ğalaba, 4 durang va 6 bor mağlubiyat qayd etildi. 2019 yilgi Osiyo Kubogida Özbekiston terma jamoasi nimçorak finalda Avstraliyaga penaltilar seriyasida yutqazdi (0:0, 2:4).

Ma'lumotlarga köra, endilikda terma jamoa boş murabbiyi lavozimi uçun ikki nomzod körib çiqilmoqda: 2017 yildan buyon «Paxtakor»da işlayotgan Şota Arveladze va hozirda «Bunyodkor»ni boşqarayotgan Vadim Abramov. 

Qayd etiş kerakki, 2018 yilda Kuper terma jamoaga olib kelinişidan oldin Arveladze ham terma jamoa boş murabbiyligiga nomzodlar qatorida körilgandi.

Şuningdek, ÖFA 2018 yilgi jahon çempionatiga Eron bilan borgan Karlos Keyruş bilan ham muzokaralar olib borgandi. Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, portugaliyalik mutaxassis öşanda yiliga 8 million yevro miqdorida maoş söragan.