O‘zbekiston | 14:42 / 13.09.2019
6096
4 daqiqa o‘qiladi

Rivojlanishda orqada qolayotgan tuman va shaharlarni aniqlash mezonlari tasdiqlanadi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni aniqlash mezonlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni aniqlash mezonlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zinfokom” MChJ, 2020 yil 1 yanvargacha Nizomga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni aniqlash mezonlari bo‘yicha onlayn dasturiy ta'minot ishlab chiqilishini hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy saytida joylashtirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “E-ijro auksion” DUK tegishli ma'lumotlarni hisobot davridan keyingi yilning 1 fevraliga qadar Dasturga kiritib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Dasturga kiritilgan ma'lumotlar asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarning manzilli ro‘yxati har yili 10 fevralga qadar tasdiqlanib borilishi belgilanadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlar bo‘yicha har yili 1 mayga qadar o‘rta muddatli kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlar manzilli ro‘yxatida aks ettirilgan hududlar bo‘yicha o‘rta muddatli kompleks rivojlantirish dasturlari uch yil uchun bir marotaba ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi inobatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlar bo‘yicha o‘rta muddatli kompleks rivojlantirish dasturlarni shakllantirishda muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obektlari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rib boradilar;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlar bo‘yicha qabul qilingan kompleks rivojlantirish dasturlari doirasidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishini doimiy monitoring yuritilishini ta'minlash hamda har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.

Quyidagi shahar va tumanlardan tashqari respublikaning barcha shahar va tumanlari ushbu Nizom asosida baholanadi:

- Toshkent shahri va uning barcha tumanlari;

- Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan, turizm sohasiga ixtisoslashtirilgan Xorazm viloyati Xiva, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz, Samarqand viloyati Samarqand hamda Buxoro viloyati Buxoro shaharlari.

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi 100 ballik baholash mezoni asosida baholanadi.

Mavzuga oid