Kun.uz saytida xalq orasida «Straus House» nomi bilan tanilgan korxonadan millionlab pullarini ololmayotgan fuqarolarning murojaatlari yoritilgan edi.
Şundan söng, joriy yilning 7 sentabr kuni «Poytaxt» biznes-markazida sönggi vaqtlarda köplab fuqarolarning noroziliklariga sabab bölayotgan «STRAUS HOUSE» MÇJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uçun uçraşuv taşkil qilindi. Taşkilotçilar tomonidan «brifing» deya e'lon qilingan mazkur uçraşuv tom ma'noda «STRAUS HOUSE» MÇJ va uning tadbirga taklif qilinmagan mijozlari örtasidagi oçiqçasiga tortişuvga aylanib ketdi.
Köpçilik uşbu tadbir «Straus House» MÇJdan jabr körgan fuqarolar muammolarining yeçimiga qaratilgan bölişini kutgandi. Uçraşuv esa jamiyat ta'sisçisi Ibrohim Isroilovning mehmon sifatida taklif qilingan Kun.uz muxbiriga agressiv ruhda taşlanib, sayt orqali e'lon qilingan materiallarga nisbatan öz munosabatini bildirişidan boşlandi.
«Straus House» öz mijozlarining barçaga ma'lum bölgan muammolarini hal etişning yöllari bilan örtoqlaşiş örniga tahririyatni asossiz maqola çiqarişda ayblaşi yiğiliş qatnaşçilarining hayratiga sabab böldi.
Kun.uz tahririyati odamlarda «Straus House» MÇJ faoliyatiga yoki umuman tuyaquşçilik sohasiga qarşi kayfiyatni şakllantirişni maqsad qilmagan. Uşbu maqolalar «Straus House» MÇJ bilan tuyaquş uçun şartnoma tuzib, millionlab miqdorda pul tölab, jöjalarni ham, pulini ololmayotgan fuqarolarning tahririyatga yöllagan murojaatlari asosida tayyorlangan va e'lon qilingan. Vaholanki, maqolalarni tayyorlaşda «Straus House» MÇJdan izoh olişga harakat qilingan, biroq bu urinişlar zoye ketgandi.
Qolaversa, «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning 34-moddasiga köra, yuridik yoki jismoniy şaxs ommaviy axborot vositasida e'lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda özining şa'ni va qadr-qimmati yoki işçanlik obrösini tahqirlovçi ma'lumotlar uçun raddiya berişni tahririyatdan talab qilişga haqli. Biroq, ötgan vaqt mobaynida saytda e'lon qilingan maqolalar yuzasidan «Straus House» MÇJ tomonidan biror munosabat bildirilmadi. Şuning özi ham kompaniya olib borayotgan faoliyatning töğri va şaffofligiga bölgan şubhalarni yanada oşiradi.
Kiçik bahsli holatdan söng, kompaniya ta'sisçisi ayni vaqtda muammolarga duç kelayotgan mijozlar böyiça tuşuntiriş berib ötdi.












