Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat fuqarolariga pora talab qiluvçi amaldorlarni otişga ruxsat berdi. U şu bilan birga fuqarolarga poraxörlarni öldirmay, ularning oyoqlariga otişni tavsiya qilgan, yöqsa “ular tergov natijasida afv etilmasliklari” xavfi bor. Bu haqda Manila Bulletin naşri xabar berdi. 

“Agar siz soliq, yiğimlar, boj tölovlari va şu kabilarni tölasangiz-u, bu ahmoqlar sizdan pora talab qilsa, ularni uring. Agar yoningizda qurol bölsa, ularni otişingiz mumkin, biroq ularni öldirmang, yöqsa afv etilmasligingiz mumkin”, deb aytgan Duterte. Uning ta'kidlaşiça, qonunni buzuvçi amaldorni öqqa tutadigan har qanday kişiga qöllanadigan çora qamoq jazosi bölmay, faqatgina “jiddiy jismoniy jazo” bölişi mumkin.

Filippin yetakçisining ta'kidlaşiça, mamlakatda korrupsiya şunçalik ötkir muammoga aylanganki, u bu illat bilan kuraşiş uçun eng keskin çoralarga ham ruxsat berişga tayyor. 

2016 yil hokimiyat tepasiga kelgan Duterte qonunbuzarlarga qarşi kuraşişda keskin çoralar tarafdori hisoblanadi. Jahon hamjamiyati Filippindagi giyohvandfuruşlikka qarşi kuraşiş çoralarini qoralab keladi. Duterte prezidentlikka nomzod bölgan vaqtidayoq agar farzandlari giyohvand moddalarni qabul qilişsa, hattoki ularni öldirişga tayyorligini aytgan.

2017 yil avgustida u politsiyaçilarni qölga olinişi vaqtida qarşilik körsatadigan giyohvandfuruşlikda gumon qilinganlarni joyida otişga çaqirgan.