Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli qarori bilan Abdimuxtor Ergaşeviç Ergaşev moliya vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdimuxtor Ergaşev 1977 yil Surxondaryo viloyati, Qumqörğon tumanida tuğilgan. 2000 yil Termiz Davlat Universitetini, 2004 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2009 yil Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

2010-2017 yillarda Vazirlar Mahkamasi Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş hamda iste'mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti qişloq xöjaligini isloh qiliş va fermerlikni rivojlantiriş şö'basi fermerlikni rivojlantiriş böyiça boş mutaxassisi, 2017-2018 yillarda Qişloq va suv xöjaligi vazirligi qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölib işlagan.

A. Ergaşev 2018 yildan beri Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vazirining örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Bundan oldin, Ahadbek Haydarov moliya vazirining örinbosari, Bahrom Aşrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ijro etuvçi direktori etib tayinlangani xabar qilingandi.