Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 780-sonli qarori bilan Bahrom Bahodiroviç Aşrafxanov Özbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ijro etuvçi direktori lavozimiga tayinlandi.
Şu munosabat bilan u moliya vaziri örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Bahrom Aşrafxanov 1969 yilda tuğilgan, 1993 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qöşma Ştatlari Kentukki universitetini xalqaro valuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
U 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group’ning Markaziy Osiyodagi vakili, 1998−2000 yillarda — UzAIG Özbekiston-Amerika suğurta kompaniyasi boş menejyeri, 2000−2002 yillarda — Suğurta nazorati davlat inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari, 2002-2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari – Suğurta nazorati davlat inspeksiyasi boşliği lavozimida işlagan.
2005-2007 yillarda moliya vazirining birinçi örinbosari, 2007-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligi boşliği – moliya vaziri örinbosari bölgan.
2016-2018 yillarda Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida faoliyat körsatgan. 2018-2019 yillarda «Özbekneftegaz» AJ boşqaruv Raisi vazifasini bajaruvçisi bölgan.
2019 yil fevralidan Özbekiston Respublikasi moliya vaziri ijtimoiy soha masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq, Ahadbek Yahyobekoviç Haydarov moliya vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.












