Ahadbek Haydarov moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Ahadbek Haydarov/Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli qarori bilan Ahadbek Yahyobekovich Haydarov moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ahadbek Haydarov 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1994 yil Toshkent Davlat universiteti, 1998 yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 2001 yili Yaponiya siyosiy fanlar Milliy instituti magistratura bosqichi, 2006 yil AQShning Massachusets shtatida Villiams Kollejini tamomlagan.
2008-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat departamenti direktori, 2013-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari, 2016-2016 yillarda O‘zmilliybank Boshqaruv Raisi birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2016-2017 yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik – tijorat banki Boshqaruvi raisi, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, 2017-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Ahadbek Haydarov 2019 yilning aprel oyidan beri O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldin, Sunatulla Bekenov prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Insonparvarlik yordamisiz qolgan G‘azo, urushdan milliardlarni ishlayotgan KXDR va sulh imzolashga tayyor Armaniston - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi
Jahon | 12:53
-
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 12:51
-
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46
Mavzuga oid

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025