Saudiya Arabistoni bir oyça avval 2018 yil oktyabrda saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçi öldirilgan Istanbuldagi konsulligi binosini sotib yuborgan. Bu haqda Haberturk TV telekanali xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, Istanbulning nufuzli tumani Leventda joylaşgan bino bozor narxidan 3 barobar arzonroqqa sotib yuborilgan. Binoning yangi egasi kimligi noma'lum.

Telekanal ma'lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni konsulligi AQŞ konsulligi joylaşgan Istanbul viloyatidagi Sariyer tumaniga köçib ötgan. 

Telekanalning ta'kidlaşiça, binoni sotiş uçun Saudiya Arabistoni Turkiya taşqi işlar vazirligidan ruxsat olişi kerak bölgan. Biroq vazirlik vakili ularda binoning sotilganini tasdiqlovçi heç qanday ma'lumot yöqligini aytgan.

Avvalroq Saudiya Arabistonida Qoşiqçi işi böyiça tergov harakatlari vaqtida konsullik binosida yaşirin eşitiş moslamalari örnatilgan bölişi mumkinligi xavotiri sababli bino almaştirilmoqçiligi ma'lum qilingan. 

Qoşiqçi 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga bölğusi nikohi uçun hujjatlarni rasmiylaştirgani kelgan. Şundan keyin uni heç kim körmagan. Keyinroq jurnalist konsullik binosida öldirilib, jasadi bölaklanib, konsullikdan olib çiqib ketilgani aniqlangan. 

Uşbu qotillik böyiça Turkiya va Saudiya Arabistoni alohida-alohida tergov olib bormoqda.