Tunisning sobiq prezidenti Zaynulobiddin bin Ali 83 yoşida vafot etdi. Bu haqda 19 sentyabrda Al Jazeera telekanali xabar berdi.   

Ta'kidlanişiça, siyosatçi Saudiya Arabistonida vafot etgan. Uning vafoti tafsilotlari keltirilmagan. 

Zaynulobiddin bin Ali Tunis prezidenti lavozimini 1987 yildan 2011 yilgaça egallagan. 2011 yilda mamlakatda yuz bergan “rangli inqilob” oqibatida mamlakatni tark etişga majbur bölgan. Keyinçalik u Saudiya Arabistonida siyosiy boşpana olgan va öşa yerda yaşab kelgan.  

2012 yilda Tunis harbiy tribunali bin Alini ommaviy tartibsizliklar vaqtida namoyişçilarning öldirilişiga javobgar deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.