Tunis sudi sobiq prezident Munsif Marzuqiyni davlat xavfsizligiga putur yetkazganlikda ayblab, sirtdan 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 21 iyun kuni Reuters xabar berdi.
Marzuqiy 2011 yildan 2014 yilgaça Tunisni boşqargan va hozirgi prezident Qays Saidning eng keskin tanqidçilaridan biri bölib qolmoqda.
Yaqinda çiqarilgan hukm ketma-ket uçinçisidir: sobiq prezident avvalroq hokimiyatga qarşi çiqişda ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Marzuqiy ayblovlarni rad etib keladi. Uning sözlariga köra, Said parlamentni tarqatib, 2021 yilda yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin avtoritar tizim qurmoqda.
Said 2019 yilda davlat rahbari etib saylangan va 2024 yilda ikkinçi muddatga qayta saylangan.
Marzuqiy ayni paytda Parijda yaşayapti va ta’qiblardan qörqmasligini, Tunisga qattiq nazorat boşqaruvi emas, balki demokratiya kerakligini aytib, tanqidlardan töxtamayapti.









