Bugungi iste'fo zinhor «ana, çet ellik murabbiyni ham kördik, özimiznikidan qöymasin ekan» degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Nihoyat, uzoq kutilgan xabar rasman yangradi – Ektor Kuper iste'foga çiqarildi. Uzoq kutilganining sababi, bu haqida ança oldin gap-sözlar tarqalgan, faqat masalaning moliyaviy tomoni, murabbiy bilan şartnoma şartlari yuzasidan muzokaralar ötkazilgani bois hal etiş oson bölmadi.
Ha, aynan mana şu jihat odamni xursand qiladi. Özimizning va çet ellik murabbiy örtasidagi birinçi farqni namoyon etadi. Murabbiyni olib keliş ham, uni böşatiş ham qandaydir muzokaralar talab etgan – bu assotsiatsiyamizni ança yuqoriroq standartlarda işlaşga majbur qiladi. Mazmunan «Bor yöqol, közimga körinma», deb masalan, bir murabbiyni haydab, ikkinçisiga telefon qilib, «Terma jamoani sen ol, klubingga özim telefon qilib qöyaman» qabilida işlaşdan köra professionalroq. Bu uçun qança pul ketgani, boşqa mavzu.
Ikkinçi farq, masalan, Kuper uçun taşkil qilib berilgan yiğinlar, örtoqlik uçraşuvlari va şaroitlarda. ÖFA uning barça injiqliklarini kötargan, masalan hatto Turkiya mehmonxonalaridan birida yöq bölgan muzni qayerdandir taşib olib kelişgan. Injiqlik deganim, bu ijobiy ma'noda. Agar bir murabbiyni terma jamoa boşiga olib keldingmi, uning talablarini yuz foiz bajarişga majbursan, aks holda u ham yuz foiz işlamaydi.
Futbolçi vatanparvar böliş kerak, töğri, çunki masalan, maydonda qöşimça kuç kerak bölganda, bor imkoniyatni işga soliş kerak bölganda, yurak ham zarur. Ammo murabbiylik boşqaça soha, aqliy mehnat. Murabbiy har qança vatanparvar bölsa, şunçalik aqli ortib ketmaydi. Professionalizm birinçi örinda. Mahalliy murabbiyning bunday injiqliklarini kötarişimizga şubham bor, Özbekistondagi heç qaysi murabbiy «mexmonxonaga qayerdan bölsa ham muz topib keling» demaydi. Muz-ku mayli, umuman, mahalliy murabbiy ÖFAning bor şaroitlaridan kelib çiqib işlaşga majbur. Bu şuni anglatadiki, özimiznikilar ÖFAning şaroitlarini bir bosqiç yuqoriga kötarişga sabab böla olmaydilar.
Uçinçi farq. Çet ellik murabbiy barça futbolçilar uçun xolis böladi. Kuperning dastlabki öyinlarini eslang, barça futbolçilar tarkibga kirişga harakat qilgan, Javohir Odildan muhimroqqa aylanib qolgan, qandaydir işonçsizlikdan asar ham yöq edi. Töğri, tarkib masalasida, ayniqsa, jurnalistlarning e'tiroziga sabab bölgan tanlovlar bölgan, Denisovni misol qiliş kifoya. Ammo Denisov aynan murabbiyning futbol qaraşlaridan kelib çiqib, çetlatilgani ham aniq. Çunki Kuper kelganida, Denisovni tanimasdi, töğrimi?
Mavzuga oid
Törtinçi farq. Kuper futbolimiz tarixida eng köp tanqid qilingan murabbiy böldi. Ha, Babayan yoki Qosimovni eslaş mumkin, ularga nisbatan tanqidiy fikrlar köproq bölgandi, qöşilaman. Lekin aksariyat hollarda muxlislar va jurnalistlar tomonidan salbiy fikrlar yangragan xolos.
Biror futbol mutaxassisining televizorda yoki intervyuda çiqib Qosimovni yoki Babayanni tanqid qilganini eşitganmisiz? Özbekça istiholami, boşqami, köz közga tuşadi, deb köp mutaxassislar terma jamoa haqidagi fikrlarni özlariga olib qolişar, terma jamoa öyini haqidagi fikr aytilmasdi. Kuperga kelganda, hammasi bemalol böldi.
Birinçidan, u baribir tuşunmaydi, ikkinçidan, tuşunsa ham, taniş emas, xafa bölsa bölar. Uçinçidan, örganib qolgan, xafa bölmaydi ham. Kuper Xayrulla Hamidovning uyiga köngil söraş uçun bordi, uç kun ötib esa, Xayrulla Hamidov u haqida bemalol tanqidiy fikrlarni bildirdi, iste'foga çiqişi kerakligini aytdi. Tabiiyki, çet ellik murabbiyning tanqidga bölgan munosabati, biz jurnalistlarni ham çet ellikka aylantirib qöyişi bor gap.
Yana boşqa farqlar bor. Ba'zilarini sanadim va e'tibor bersangiz, aksariyat hollarda bu farqlar çet ellik murabbiyning ustunligini körsatadi. Bu nazariy jihatdan, albatta, ayrim holatlar böladiki, aynan bir pallada çet ellik murabbiydan köra, mahalliy mutaxassis jamoaga ijobiy ta'sir körsatişi mumkin. Hozirgi holat kabi. Ammo zinhor, bugungi iste'fo «ana, çet ellik murabbiyni ham kördik, özimiznikidan qöymasin ekan» degan xulosani taqdim etmasligi kerak.
Agar kimdir, «Özimizning mutaxassis çet elnikidan yaxşiroq» desa, yuqorida men keltirganim kabi, mahalliy mutaxassisning yevropalik hamkasbidan yaxşiroq bölişi haqida farqlarni keltirib ötişi şart. Abramovning Kuperdan ayni paytda yaxşiroqligi yoki Skolari öz vaqtidan körsatgan natijadan köra, Qosimov muvaffaqiyatliroq bölgani, heç narsani isbotlamaydi. Abramovning uslubi Kuperdan yaxşiroq, deyiş mumkindir, ammo bu çet ellik-mahalliy soliştirmasi uçun umuman ölçov emas. Hamma özbek murabbiy Abramov bölmaganidek, çet ellik murabbiy faqat Kuperdan iborat ham emas.
Umuman, Osiyo miqyosida ham oling, qit'a çempioniga aylangan Qatarni kim boşqardi? Ispaniyalik murabbiy. Öz vaqtida BAA, Bahrayn kabi terma jamoalarning kuçayişida mahalliy mutaxassislar muhim rol öynamadimi? Yaponiya, Koreya, Eron, Avstraliyaning bugungi holatigaça kelişida gollandiyalik, portugaliyalik, germaniyalik murabbiylarning ahamiyati katta emasmi?
Göyoki Kuperning himoyaviy uslubi töğri kelmagani, özbek futboli hujumkor ekani haqidagi fikrlar men uçun ğalati tuyuladi. Zamonaviy futbolni hujumkor va himoyaviy deb ajratiş ham har doim u qadar töğri emas, jamoa ösib, kuçayib borgan sari, töpni yaxşiroq nazorat qiladi, hujumkorlik ösib boraveradi. Bundan taşqari, biz Mourinoni olib kelgan Braziliya emasmiz-ku, töğrimi? Superliga öyinlariga qarab, klublarimizning Osiyo Çempionlar ligasidagi qatnaşişlariga baho bering – qaysi öyinlarda futbolimiz hujumkor? Neçtadan gol uryapti «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» Osiyo maydonlarida? Ularni nega himoyaviy uslubda ayblamayapmiz? Ya'ni asosiy muammo tanlangan uslubdan emas, şunçaki, jamoaning kuçsizroq ekanidan, kutilganidek rivojlanmaganidan, deb bilaman.
Muvaffaqiyatsizlikning asosiy sabablari sifatida esa, quyidagilarni aytiş mumkin.
Birinçidan,
Murabbiy har qanaqa ma'noda diktator bölgan zamonda muvaffaqiyat qozongan yoşi kattaroq mutaxassislar bugungi instagram avlodini boşqarişda qiyinçiliklarga duç kelmoqdalar. Asosan futbolçilar orasida «ulardan biri» böla olayotgan Klopp, Zidan kabi yoş murabbiylar boşqaruvda samaraliroq körinyaptilar. Kuperning muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab şu, deyiş mumkin.
Kuperning iste'fosi u jamoani yöqotib qöyganligi tufayli röy berdi. Men har bir öyin yoki turnirdan keyin fikrlarimni yozib bordim. Çuqurlaşiş niyatim yöq. Ayb butunlay jamoada yoki Kuperda, demoqçi emasman. Umuman aybdor qidiriş ham şart emas. Kuper ham yaxşi bölişini istadi, lekin jamoa bilan aloqani yöqotdi. Bunday holatlar yanada professionalroq bölgan Yevropada ham, ayniqsa, avvalgi avlod murabbiylari bilan sodir bölib kelmoqda va köpinça, iste'fo bilan tugayapti.
Ikkinçidan,
Yuqorida iste'foga çiqariş muzokaralari çözilgani haqida yozdim-ku, tayinlaniş jarayoni ham xuddi şunday, balki bir neça barobar uzoqroq va çuqurroq davom etişi kerak. Ya'ni ÖFA ma'lum bir murabbiyni tanlar ekan, öziga yaraşa strategiya bilan yondaşişi talab etilardi.
Har bir murabbiyning ham ampluasi bor – ba'zilari tayyor yulduzli jamoani yaxşi öynatadi, boşqasi yangi futbolçilarni kaşf etib, avlodlar almaşinuvini samarali amalga oşirişi mumkin, boşqasi motivator va hokazo. Terma jamoamizning ayni (öşa) paytdagi holati qanday vazifalarni taqozo qiladi, qanday murabbiyga muhtoj, bu haqida çuqurroq tahlil qilinişi lozim edi.
Esingizda bölsa, terma jamoani boşqarişi mumkin bölgan çet ellik murabbiylar ismlari oşkor qilingandi öşanda. Röyxatda Biliç, Daliç kabi yoş murabbiylardan tortib, Keyruş, Kuper kabi nomlar uçragan. Ya'ni sanalgan ön nafar murabbiylar bir-biridan amplua jihatidan ham, uslub jihatidan ham tubdan farq qilardi. Demak, bundan ÖFA aslida terma jamoaga qanday murabbiy kerakligini aniq bilmagan, taniqli va tajribali nom qidirgan, deb xulosa qiliş mumkin.
Albatta, ÖFAning aynan Kuperni tanlaşi va balki Kuperning Özbekistonni tanlaşida öziga yaraşa xatolik bölganini aytiş mumkin.
Uçinçidan,
Albatta, obektiv sabablar ham bor.Masalan Osiyo kubogida jamoaning muhim bölagi bölgan Şukurovning, şuningdek Sidiqovning jarohat olişi. Bu futbolçilar bilan terma jamoamiz sal boşqaçaroq körinişi va balki, Kuper öz rejalarini amaliyotga köçirişda samaraliroq bölişi mumkin edi.
Endi nima qiliş kerak?
Kuperning yaxşi mutaxassis bölganini tan olsam-da, iste'fo qarorini qöllab-quvvatlayman. Çunki yuqorida aytganimdek, agar jamoa va murabbiy örtasida «ximiya» bölmasa, hamma har tomonni közlab tursa, öz imkoniyatidan yuqori sakrab, tarixda bölmagan natijaning qayd etilişi tugul, jamoa öz salohiyati darajasida ham töp sura olmaydi va kuçsiz jamoalarga yutqazişda davom etiş mumkin. Terma jamoa klub emaski, bunday holatlarda tanlangan yönalişdan voz keçmay, futbolçilarni almaştirib taşlansa yoki murabbiyga mosroq tarkibni yiğsa. ÖFA oldida boşqa yöl qolmagandi, nazarimda.
Endi terma jamoaga mahalliy mutaxassislardan biri, katta ehtimol bilan Vadim Abramov tayinlanadi. Nafaqat Abramov, umuman bugungi holatda har qanday boşqa murabbiy ham vaziyatni ijobiy tomonga özgartirişi tabiiy edi. Kim köproq kuçaytirişi mumkinligi hisobga olinganda, Abramov varianti yaxşiroq körinmoqda. Lekin bu ham vaqtinça bölişi ehtimol. Esingizda bölsa, Babayan Mirjalol Qosimov örniga kelib, vaziyatni önglagandi. Lekin ma'lum vaqt ötib, uning jamoasi ham juda işonçsiz öyin körsatişni boşlagandi.
Xulosa qilib şuni aytiş mumkinki, Kuper örniga mahalliy murabbiyning tayinlanişi – vaziyatni önglaş uçun yagona töğri qaror. Ammo mana şu ötgan sönggi bir yil özimiznikilarning Kuperdan yoki mahalliy mutaxassislarning çet elliklardan yaxşiroq ekanini isbotlamasligi, şunday xulosaga kelib qolinmasligi kerak. Agar keyingi boşqaruv aynan şu fikrni öziga doimiy prinsip qilib olsa, natijalardan qat'i nazar terma jamoa boşqaruvi yana orqaga ketişni boşladi, deb aytişim mumkin. Orqada esa, biz juda köp marta borib qolgan taniş manzara bor.