Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2022 saralaşini şarmandali mağlubiyat bilan boşladi. Tarixda biror marta Özbekistonga gol ura olmagan Falastin Özbekistonni yengdi. Xuddi qit'a örtamiyonasini mağlub etgandek osongina yengdi. Bu şarmandali holatga aybdor sifatida boş murabbiy iste'foga çiqarib yuborildi. Xöş, aybdor kim? Faqat murabbiymi?
Hamma!
Millatning boş jamoasiga aloqador har qanday inson Falastinga uçralgan mağlubiyatda aybdor edi. Sezib turibsiz, bu şunçaki uç oçko yöqotiş emas, milliy jamoada jiddiy özgarişlarga olib kelgan juda alamli mağlubiyat edi.
Bu şarmandali mağlubiyatda hamma aybdor edi: Toşkentdan boşqa yerga çiqmagan, Özbekiston çempionati öyinlarini diqqat bilan tomoşa qilmagan, legioner futbolçilarning öyinini tomoşa qiliş tugul poytaxtdan boşqa viloyatga borib futbol körmagan Kuper ham, juda köp variant bölaturib mana şu davri ötgan murabbiyni olib kelgan oldingi rahbariyat, milliy jamoaga javobgar bugungi odamlar va turgan gapki maydonda harakat qilgan futbolçilar ham.
Biz asosan Kuperni aybladik, çunki u futbolimizga çindan mos kelmadi, özbek futbolining öz odami böla olmadi, bunga harakat ham qilgani yöq. Masalan, u katta ehtimolki, «Navbahor» stadionini «Söğdiyona» stadionidan farqlay olmasdi. Yoki u «Andijon», «Buxoro» va «Dinamo» kabi jamoalar tarkibida kimlar öynaşini aytib bera olmasdi. Vaholanki, milliy jamoa boş murabbiyi mamlakat futbolini hammadan yaxşi bilişi kerak edi.
Masalan, Qatar murabbiyi Feliks Sançes asosiy hujumçisi Ali al Muoz qaysi ovqatni yoqtirişigaça bilsa kerak, çunki bu murabbiy Qatar futbolida 2006 yildan buyon işlab keladi. Xullas, Kuper özbek futbolining içiga kira olmadi. Şu bois, natijalar keskin yomonlaşuvida katta aybdor baribir murabbiy bölib qolaveradi.

Ammo natijani futbolçilar yaratişini ham unutmaylik. Axir, Kuper Falastin bilan öyin oldidan Farrux Sayfiyevga öz qanotidan uyuştirilayotgan barça hujumlarni ötkazib yuborişni körsatma bermagandir? Yoki murabbiy Odil Ahmedovga ikki metrdan turib böş qolgan darvozaga gol urmaslikni körsatma bermagan. Kuper markaziy himoyaning asosiy vakili Anzur Ismoilovga ham hujumçini qarşiliksiz ötkazib yubor demagani, Eldor Suyunovga qanotdan töp darvoza yaqiniga uzatilsa, hujumçi bilan birga yugurib, töpni ötkazib yubor deb aytmagani aniq.
Falastin bilan öyinda meni bir narsa ranjitdi: futbolçilar göyoki maydonda murabbiyning körsatmalaridan arazlab öynayotgandek taassurot uyğondi. Axir futbolçi uçun asosiy vazifa vatan uçun öynaş emasmi? Qöpol qilib aytganda, millatning boş jamoasi uçun öynayotganda murabbiy senga yoqmasa, uning kimligi, qanday körsatma berayotgani ikkinçi darajali bölib qolmaydimi? Kuperga Özbekistonni jahon çempionatiga olib çiqiş köpi bilan odamlarga nimanidir isbotlaş uçun kerak edi, lekin bizgaçi? Biz heç qaçon mundialda öynamaganmiz va öşa ölib-tirilayotganimiz yöllanma bizga kerak.













