2019 yilning 22 sentabr kuni soat 13:12da Toşkent viloyati Qibray tumani Salar şaharçasi Tinçlik mahallasida joylaşgan Boğdorçilik-uzumçilik şirkatiga qaraşli hududda yonğin sodir bölayotgani haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, yonğinni bartaraf etişga bitta yonğin öçiriş bölinmasi jalb etilgan. Bölinma voqea joyiga 12 daqiqada yetib borganda, oçiq maydonda quruq öt yonayotgani ma'lum bölgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin bartaraf etilib, alanga maydoni kengayişi oldi olingan. Yonğin oqibatida 60 kv. metr maydonda quruq öt yongan.
Ayançlisi, yonğinni bartaraf etiş vaqtida 1944 yilda tuğilgan fuqaro B.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yonğin holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.













