Bugun, 25 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy taşrif bilan bölib turgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Inson huquqlari kengaşining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayanni qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Özbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan konstruktiv munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi hamkorlik uşbu şeriklikning eng muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.

BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Zayd Raad Al Husayn va BMTning Din yoki e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahidning mamlakatimizga taşriflari natijasida inson huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlaş, bu boradagi xalqaro muloqotni yanada rivojlantirişga qaratilgan “yöl xaritalari” amalga oşirilmoqda.

Özbekiston inson huquqlari böyiça 70 dan ziyod xalqaro hujjat, jumladan, BMTning önta asosiy şartnomalariga qöşilgan. 2018 yil noyabr oyida Samarqandda ilk bor Inson huquqlari böyiça Osiyo forumi ötkazildi.

Şuningdek, Özbekiston parlamenti tomonidan BMTning Inson huquqlari sohasida ta'lim va malaka töğrisidagi deklaratsiyasini amalga oşiriş böyiça milliy dastur qabul qilingan. Uşbu hujjat sud-huquq sohasi xodimlarining inson huquqlari töğrisidagi bilimlarini oşirişni nazarda tutadi. 

Sud-huquq tizimiga xalqaro standartlarni joriy qiliş orqali sudya va advokatlarning mustaqilligini ta'minlaş 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasining asosiy vazifalaridan biridir.

Xususan, yangi organ – Sudyalar oliy kengaşi taşkil etildi, sudyalarni uzoq muddatga tayinlaş va sud qarorlarini jamoatçilikka e'lon qiliş amaliyoti joriy etildi. "Xabeas korpus" va "elektron odil sudlov" mexanizmlarini qöllaşni kengaytirişga muhim ahamiyat qaratilmoqda.
 
Mamlakatda advokatlarning mustaqilligini ta'minlaş va örnini mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda, Advokatlar palatasining roli ortib bormoqda.
 
Uçraşuvda hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan batafsil fikr almaşildi, Özbekistonning sud-huquq sohasidagi qonunçiligini yanada takomillaştiriş jihatlari va qöşma tadbirlar ötkaziş masalalari muhokama qilindi.