Bugun, 25 sentabr kuni BMT vakili Diyego Garsiya-Sayan Xalqaro press-klubda mehmon böldi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşdi. Öz ma'ruzasidan söng Garsiya-Sayan jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga ham javob berib ötdi.
BMT maxsus ma'ruzaçisi sud hokimiyatining mustaqilligi borasida söz yuritar ekan, bu borada Özbekiston jiddiy qiyinçiliklarga yuz tutayotgani haqida fikr bildirgan.
«Sud hokimiyatining mustaqilligi va huquq ustuvorligiga jiddiy tahdidlar saqlanib qolmoqda. Hozirda hukumat islohotlar jarayonini qöllab-quvvatlaş va yakuniga yetkaziş hamda odil sudlovga yetişiş imkoniyatlariga ta'sir etayotgan, sud hokimiyatining mustaqilligiga erişiş harakatlariga tahdid solayotgan amaliyotga çek qöyiş uçun tezkorlik bilan harakat qilişi lozim. Korrupsiya va davlatdagi u bilan boğliq bölgan jinoiy strukturalar davlat institutlariga, jumladan sud tizimiga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Özbekiston jazosizlikka qarşi kuraşiş uçun kerakli tergov va sud protseduralarini joriy etişi lozim. Şuningdek, sud organlari va prokuraturada yetarli miqdorda va işonçga loyiq bölgan jamoalar mavjudligini ta'minlab berişi lozim. Korrupsiya va uyuşgan jinoyatçilik bilan boğliq bölgan işlarda xaqiqatni aniqlaş uçun aybiga iqror böliş haqida bitim tuziş töğrisidagi kerakli huquqiy normalarning mavjud bölişi ham muhim ahamiyatga ega», deya maxsus ma'ruzaçining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot örnida, maxsus ma'ruzaçi öz xulosa va tavsiyalaridan iborat bölgan hisobotining töliq matnini 2020 yilning iyun oyida Jyenevadagi Inson huquqlari böyiça Kengaşga taqdim etadi.

Janob Diyego Garsiya-Sayan BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi vazifasini 2016 yil dekabrida boşladi. Unga qadar ketma-ket ikki muddat davomida Inson huquqlari böyiça Amerika davlatlari örtasidagi sud sudyasi bölgan.







