BMT Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan Toshkentda mehmon bo‘lib turibdi.
BMT vakili bugun, 25 sentabr kuni Xalqaro press-klubda ham mehmon bo‘ldi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sasha Graumannga so‘z berildi.
«Bizning tashkilotda inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tashkil etilgan. Unda 44 xil turdagi mandatlar bo‘lib, ular turli mamlakatlarga tashrif buyurishadi. Tashrif mobaynida o‘sha yerdagi vaziyatlar o‘rganiladi. Bundan tashqari, ekspertlar bilan uchrashib turli tadbirlarda qatnashishadi. O‘tgan yili O‘zbekistonga inson huquqlari Oliy komissar, din ishlari bo‘yicha maxsus komissar ham tashrif buyurgandi.
Hurmatli Garsiya-Sayan 18 sentabr kuni O‘zbekistonga keldi. U turli darajadagi mulozimlar bilan uchrashdi, bu uchrashuvlarda sudyalar, advokatlar mustaqilligi bo‘yicha suhbatlar olib borildi. Shu munosabat bilan Toshkent, Samarqand va Farg‘onada uchrashuvlar o‘tkazildi», deya Sasha Graumanning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shundan so‘ng so‘z maxsus ma'ruzachiga berildi.
«O‘zbekiston sudyalar va advokatlarni huquqini himoya qilishda muhim qadamlarni qilishgan. Bu borada ba'zi qiyinchiliklarga ham duch kelingan. Bu borada juda muhim yana ham yordamchi qarorlar va harakatlar amalga oshirish kerak. Biz davlat tashkilotlari, sud mutasaddilari, mahalliy hokimiyat vakillari, advokatlar, turli nodavlat tashkilotlar va bugun sizlar bilan uchrashib turibmiz. Bugun O‘zbekiston prezidenti bilan ham juda konstruktiv uchrashuvni amalga oshirdik.

Hukumat bu borada qilayotgan ishlarini e'tirof etish lozim. Ijobiy jihatlar bor. Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy maktabi kabi muassasalar tashkil topgani kabi qadamlar tashlangan. Bu sudyalarning prokurorlardan mustaqil tarzda faoliyat yuritib, asta-sekin oqlov hukmlari ham chiqarilishiga ta'sir etmoqda. 2016 yilda bor-yo‘g‘i 6ta oqlov hukmi qayd etilgan bo‘lsa, bu yilning o‘zida 500tadan ortiqni tashkil qildi.
Sud qarorlari ommaga berilishi korrupsiyaning oldini oluvchi holatlardan hisoblanadi. Bir masalada turli sudyada turlicha qarash bo‘lsa, bu korrupsiyani keltirib chiqaradi. Bu jarayonlar shaffof tarzda yo‘lga qo‘yilishi kerak. Shunga qaramay, bir qator masalalar o‘z yechimini kutmoqda va ular juda ham muhim. Bulardan eng asosiysi 6tasini sanash mumkin.






