Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon podşohlikning Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi bilan boğliq voqea uçun javobgarlikni zimmasiga olişini tan oldi. Bu haqda AQŞ jamoat radioeşittiriş xizmati PBS (Public Broadcasting Service) saytida joylaştirilgan Frontline sikliga kiruvçi hujjatli film anonsida aytilgan.
Jurnalist Martin Smitning uşbu filmi 1 oktyabrda efirga uzatiladi.
“Bu men xizmatda bölganimda (PBS variantida “mening navbatçiligimda” deb berilgan) yuz bergan. Men bu voqea uçun barça javobgarlikni öz zimmamga olaman”, deb aytgan Saudiya Arabistonida qiroldan keyin muhimlik böyiça ikkinçi örinni egallovçi şahzoda. Biroq u Qoşiqçi bilan yuz berayotgan voqealardan xabari bölmaganini ta'kidlagan. Şahzodaning aytişiça, “podşohlikda 20 mln fuqaro va 3 mln davlat xizmatçisi bor” va ulardan har birining öz vazifasi bor va nima qilayotganini bilişning iloji yöq.
Şahzoda jurnalistni öldirgan “qotillar jamoasi” Ar-Riyod va Istanbul örtasida podşoh oilasiga xizmat körsatuvçi aviaparkning xususiy biznes-jyetlarida harakatlangani haqidagi savolga javoban “amaldorlar, vazirlarning öz vazifasi, javobgarlik hududi borligini va ular podşohlik oilasi samolyotlaridan foydalaniş huquqiga egaliklarini” aytgan.
Jurnalist Smitning şahzoda bilan suhbati 2018 yil dekabrida Ar-Riyod yaqinida ötgan elektromobillar poygasi vaqtida bölib ötgan.
Ar-Riyod siyosati haqidagi tanqidiy maqolalari bilan ma'lum bölgan Jamol Qoşiqçi 2018 yil 2 oktyabrda Istanbuldagi konsullikka taşrifi vaqtida bedarak yöqolgan. 20 oktyabrda Saudiya Arabistoni rasmiy idoralari jurnalist konsullik binosida janjal vaqtida öldirilganini ma'lum qilgan. Jahon hamjamiyati uşbu jinoyatni keskin qoralab, Ar-Riyodni oçiq-oydin tergov ötkazişga çaqirgan.









