Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilmoqda (foto)
Bugun, 27 sentabr kuni Shahrisabz shahrida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan “Qashqadaryo investitsiya forumi” avvalida OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi.
Xalqaro tadbirda qatnashayotgan “Kun.uz” muxbirining xabar berishicha, mazkur forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Turkiya, Hindiston singari yigirmaga yaqin iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan davlatlarning 150 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etishi hamda umumiy qiymati 300 million dollarga teng bo‘lgan 10 ta shartnoma imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Matbuot anjumanida “Qashqadaryo investitsiya forumi” viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va turizm salohiyati orqali xorijiy kompaniyalar hamda moliya-kredit institutlarini yanada tanishtirish, hududga chet el investorlarini jalb qilgan holda yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlandi.

Qashqadaryolik ishbilarmonlar bugunning o‘zidayoq olib borilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 20 million dollarlik investitsiya shartnomalari imzolashga muvaffaq bo‘lishdi. Qozog‘iston va Polsha davlatlari bilan gugurt ishlab chiqarish va go‘shtni qayta ishlash kabi hamkorlikdagi loyihalar 2019-2020 yillarda amalga oshirilishi belgilab olindi.
Ikki kunlik biznes forumning keyingi kunlarida ham xorijlik tadbirkorlar bilan o‘zaro savdo ayirboshlash, madaniy-turistik aloqalar bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbirning ilk oqshomida xorijlik mehmonlar va jurnalistlarga Oqsaroy yodgorligi oldida musiqiy kecha uyushtirildi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Vohidov hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Rushana Sultonova rahbarligidagi “Sanam” raqs ansambli ijrosidagi kuy va raqslar barchaga bayram kayfiyatini bag‘ishladi. Mohir dizaynerlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar ko‘rgazmasi ham qatnashchilarda o‘ziga xos taassurot qoldirdi.
Investitsiya forumi davom etmoqda.








Mirolim Isajonov
Mavzuga oid
11:45
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026