Sovuq mavsumda, ayniqsa kuz faslida şamollab qoliş ehtimoli katta. Bu röy berganda nima qiliş kerak? Ertasi kuni özingizni yaxşiroq qiliş uçun bugun qanday çoralar köriş lozim?

Ertalab
Kunni issiq duş bilan boşlang. Uşbu muolaja juda muhim, çunki issiq suv titroqni bosişga yordam beradi, buğ esa burun böşliğini tozalaydi.

Töğri nonuşta 
Iştaha butunlay yöqolganda ham nonuştani ötkazib yuboriş yaramaydi. Katta likopdagi mevali bötqa eng foydalisidir. Agar bunga bir stakan apelsin şarbati ham qöşilsa, S vitamini zaxirasi bir uriniş bilan töldiriladi.

Zarur muolajalar
Nafas yöllarini tozalaş uçun ingalyatsiya qiling. Puls urişiga öxşaş boş oğriği paydo bölsa, paratsetamol yoki u bor biror dori qabul qiling. Boş oğriğining sababi, katta ehtimol bilan, burun berkilib qolganidir. Agar tomoq oğriği boşlansa, uni oddiy suvda çaying va qizarişning oldini oluvçi söriluvçi tabletka qabul qiling.

Sayr qiliş juda muhim
Şamollaş vaqtida issiq çoyşabga örangan holatda asal solingan issiq çoy içib kasallaniş tark etişini kutiş odatga aylangan. Ammo sayr qiliş ham ahamiyatlidir. Ozroq piyoda yuriş miyani tozalaşga va immunitetni oşirişga yordam beradi. Asosiysi haroratga mos kiyinib oliş darkor.

Töyimli tuşlik
Soğlom ovqatlanişning barça qoidalariga rioya qilgan holda tuşlik töyimli va göştli bölişi zarur, çunki oqsillar immun tizimi işini beqiyos darajada faollaştiradi.

Köproq suyuqlik
Şamollaş vaqtida köp suyuqlik içişni yoddan çiqarmang — bu organizmdan infeksiyalarni quviş imkonini beradi. Şuningdek, apelsin şarbatining ijobiy ta'siri uzoq davom etadi. 

Keçki ovqat ziravorli bölsin
Çili qalampiri, karri, zanjabil va garmdorilar özining virusga qarşi va antibakterial xususiyati bilan maşhur. Ular mikroblardan xalos bölişga, bundan taşqari nafas yöllarini tozalaşga yordam beradi.

Böşaştiruvçi vanna
Bu oğir kundan söng mukammal dam olişga va kuçni tiklaşga kömakçi vazifasini ötaydi. Uyqu oldidan nafas yöllarini oçib olişdagi yana bir buğli vosita hisoblanadi.