“Yodli setka” – bu teriga yod eritmasini panjara şaklida surtiş amaliyoti. Odatda. u böyin, kökrak, orqa qism, oyoq yoki tovon sohalariga qöllanadi. Aholi orasida bu usul “şamollaşni davolaydi”, “isitmani tuşiradi”, “immunitetni kuçaytiradi” degan qaraşlar mavjud. Aslida yod teri orqali ma’lum darajada söriladi, ammo bu miqdor kasallikni davolaşga yetarli bölmaydi.
Yodli setka (povidone-iodine) aslida taşqi teriga qöllanadigan antiseptik vosita bölib, asosan bakteriyalar va ba’zi boşqa mikroorganizmlarga qarşi işlaydi. U teri infeksiyalarini oldini oliş va davolaşda keng qöllanadi: keciklar, çandiqlar, tirnalişlar, yalliğlangan teri, şuningdek, jarrohlik oldi yoki jarrohlikdan keyingi teri tayyorgarligida samarali hisoblanadi.
Yod moddasining antiseptik ta’siri esa bakteriyalarni yöq qiliş yoki ularning köpayişini töxtatişga qaratilgan bölib, terini himoya qiladi.
Manbalarda qayd etilişiça, yodli setka faqat taşqi hudud uçun möljallangan antiseptik, ya’ni u bakteriyalarni teri yuzasida yöq qiladi, ammo virusli şamollaş yoki gripp kabi kasalliklarni bartaraf eta olmaydi. Yodni tananing istalgan qismiga surtiş şamollaşni töxtatmaydi. Aksinça, ayrim hollarda (me’yordan ortiq işlatilganda) teri kuyişi, allergik reaksiyalarga olib kelişi mumkin. Ayniqsa, bolalar terisi juda nozik bölgani uçun bunday muolajalardan öta ehtiyotkorlik bilan foydalaniş zarur.
Uni terining katta maydonlariga surkaş yoki uzoq muddat qöllaş tavsiya etilmaydi, bolalar, homilador va emizikli ayollarning ortiqça foydalanişi qalqonsimon bez faoliyatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Çunki yod moddasining me’yordan köp miqdori organizmda gormonlar muvozanatini buzadi. Şu sababli yodli setka faqat taşqi qöllanadigan antiseptik vosita sifatida işlatiladi va uning virusli kasalliklarni oldini oliş yoki davolaş uçun samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlanmagan.
Notöğri qöllaş oqibatlari
Ba’zi hollarda odamlar yodli setkani har kuni yoki kuniga bir neça marta surtişadi. Bu esa:
- teri kuyişi;
- töqimalarning yalliğlanişi;








