Tiş çötkasidan ötkir respirator kasallikka çalingan paytda foydalaniş davomida unda töplangan bakteriyalar şamollaş qaytalanişiga sabab bölişi mumkin. Ispaniyalik anesteziolog David Kallexo ana şunday fikr bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlaşiça, tiş çötkalari şamollaş, iç ketişi yoki oğiz böşliğidagi har qanday infeksiya vaqtida patogenlar köpayişi uçun “haşamatli mehmonxona”ga aylanadi. Oğizdagi bakteriyalar tiş tozalaş jarayonida tiş qoplamasi bilan birga çötka tolalariga örnaşib oladi. Çötka qança uzoq muddat işlatilsa, unda bakteriyalar şunça köp töplanadi.
«Agar soğaygandan keyin tiş çötkasi almaştirilmasa, kasallik qaytalanişi mumkin. Infeksiyadan keyin ham eski tiş çötkasidan foydalaniş — göyo duş qabul qilib, söng iflos içkiyim kiyiş bilan barobar», — deya ogohlantirdi şifokor.
Kallexoning sözlariga köra, bemorning tiş çötkasi boşqalarning tiş çötkalari bilan birga turişi özgalarga ham kasallik yuqtiriş xavfini oşiradi.








