Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizomga köra, jamğarma yuridik şaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda taşkil etilgan:
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlari mehnatiga haq tölaş, ularni moddiy rağbatlantiriş, ijtimoiy muhofaza qiliş, öqitiş va malakasini oşirişni;
Agentlik vazifalarining samarali bajarişlarini ta'minlaşni;
Agentlikni moddiy-texnik ta'minlaş, şu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilişni moliyalaştiriş çora-tadbirlarini takomillaştiriş.
Jamğarma mablağlari quyidagi manbalar hisobidan şakllantiriladi:
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmatlar körsatişdan, şu jumladan aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga xavf solişi mumkin bölgan faoliyatni amalga oşiriş uçun ruxsatnomalar berişdan tuşadigan mablağlarning 100 foizi;
ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etganligi uçun Agentlik xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar miqdorining 80 foizi;
“Özaeronavigatsiya” markazi sof foydasining 5 foizi;
aviatsiya xavfsizligi uçun undiriladigan yiğimlar miqdorining 3 foizi;
xalqaro moliya institutlari va boşqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Jamğarma mablağlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) Agentlikni moddiy-texnik ta'minlaş, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi davlat budjeti mablağlari bilan qoplanmagan boşqa xarajatlar uçun;
b) Agentlik xodimlarining mehnatiga haq tölaş, ularni moddiy rağbatlantiriş, mukofotlaş, moddiy yordam körsatiş, ijtimoiy himoya qiliş, öqitiş va malakasini oşiriş, şu jumladan:
Agentlik xodimlariga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar tölaş;








