Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik mutaxassislar xorijdagi fitosanitariya holatini o‘rganadi
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini o‘rganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Quyidagi holatlarda karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitariya holatini o‘rganish uchun xorijiy mamlakatlarga mutaxassislarni yuborish zarurati vujudga keladi:
• O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakat hududidan yuqori yoki o‘rta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahsulot olib kirilishi haqida ma'lumot olinganda;
• yangi savdo yo‘nalishlari ochilganda;
• xorijiy mamlakat hududida karantin ostidagi mahsulot bilan xavfli zararli organizmlar kirib kelishi xavfi mavjud bo‘lganda;
• yuqori va o‘rta fitosanitar holat mavjud hududda ishlab chiqarilgan mahsulotlar olib kirilayotganda.
O‘zbekistonga olib kirilishi rejalashtirilgan karantin ostidagi mahsulotlar sotib olinganda, o‘simliklar karantini bo‘yicha mutaxassislar eksport qiluvchi mamlakatga yuboriladi. Quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilinadi:
• xorijiy mamlakat hududidan olib kirilishi rejalashtirilgan karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obektlari keng tarqalganligi haqida ma'lumotlar xorijiy mamlakatlar karantin xizmati tomonidan ma'lum qilinganda;
• tegishli ma'lumotlar o‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro tashkilotlar rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinganda;
• mahsulotni baholash natijasida mahsulotning fitosanitar xavf darajasi yuqori yoki o‘rta deb topilganda.
Tartib-taomil quyidagicha. Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) inspeksiyasiga xorijiy mamlakatga karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini o‘rganish maqsadida mutaxassis yuborishni so‘rab «O‘zdavkarantin» inspeksiyasiga murojaat qiladi. Mahsulotning oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomasi tuzilgan va uni O‘zbekistonga olib kirish rejasi tayyor bo‘lsa, ularning nusxalari arizaga ilova qilinadi. Hujjat yozma yoki elektron tarzda berilishi mumkin.
Ariza beruvchiga 7 kun ichida javob qaytarilishi lozim, bunda «O‘zdavkarantin» xorijiy mamlakatning vakolatli organlaridan ma'lumotni so‘rab olishi mumkin. Inspeksiya mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligini belgilab, ariza beruvchini va xorijiy mamlakatdagi tegishli vakolatli organni bu haqda xabardor qiladi hamda fitosanitar holatini o‘rganish muddatlarini kelishib oladi.
Quyidagi hollarda murojaatchining arizasi rad etiladi:
• taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar qayd etilgani yoki to‘liq taqdim etilmaganligi;
• import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotni O‘zbekistonga olib kirish uchun cheklov (taqiq) o‘rnatilganda;
• xorijiy mamlakat hududida o‘simliklar karantini obektlari, o‘simliklar uchun xavfli zararli organizmlar (hasharotlar, kasallik qo‘zg‘atuvchilari va begona o‘tlar), kelib chiqish sabablari noma'lum bo‘lgan o‘simliklarning yalpi kasalliklari va ilgari qayd etilmagan tez tarqaluvchi kasalliklari mavjudligi;
• olib kelinishi rejalashtirilgan xorijiy mamlakat hududida mahsulotda tarqalgan o‘simliklar karantini obektlari mavjudligi haqida aniq ma'lumotlarning mavjudligi.
Mutaxassislarni yuborish bo‘yicha xarajatlar tomonlarning o‘zaro kelishuviga (shartnomaga) asosan murojaatchi va/yoki xorijiy mamlakatning vakolatli organi tomonidan qoplanadi.
Xorijiy mamlakatdagi fitosanitariya holati uning vakolatli organlari bilan kelishilgan holda va hamkorlikda o‘rganiladi. Shu bilan birga xorijiy mamlakat tadbirda ishtirok etmagan hollarda «O‘zdavkarantin» buni mustaqil amalga oshirishi mumkin. Mutaxassislar o‘rganish yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlaydilar va uni «O‘zdavkarantin» inspeksiyasiga taqdim etadilar. Hisobotlarni ko‘rib chiqish natijalariga qarab quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
• mahsulotni olib kirishni taqiqlash;
• mahsulotni olib kirish uchun karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirib berish.
Xulosa 3 kun ichida ariza beruvchiga yuboriladi, bu haqdagi ma'lumot esa inspeksiyaning rasmiy saytida joylashtiriladi.
Fitosanitariya holatini o‘rganish yakunlariga ko‘ra, karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosaga asosan 3 kun ichida O‘zbekistonga karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish mumkin bo‘lgan xorijiy mamlakat korxonalari ro‘yxatiga tegishli ma'lumot kiritiladi. Ro‘yxat «O‘zdavkarantin» inspeksiyasining rasmiy saytida joylashtiriladi.
Hujjat 24.12.2019 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:13 / 21.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026